Eng yuqori maosh oladigan davlat rahbarlari nomlari

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 01:02
Eng ko‘p maosh oladigan dunyo yetakchisi Singapur Bosh vaziri Lourens Vong hisoblanadi. Bu haqda Forbes davlat rahbarlarining daromadlar reytingiga tayanib yozadi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchining maoshi yiliga taxminan 1,69 million dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda yiliga 569,5 ming dollar maosh bilan Shveysariya prezidenti Viola Amherd. Uchinchi o‘rinda Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese – 412,5 ming dollar.

Keyingi o‘rinda yillik daromadi 400 ming dollar bo‘lgan AQSh prezidenti Jo Bayden. Beshinchi o‘rinda yiliga 316,7 ming dollar maosh bilan Avstriya kansleri Karl Nexammer joylashgan.

Undan keyin Yangi Zelandiya bosh vaziri Kristofer Lakson (yiliga 310,5 ming dollar), Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo (310,5 ming dollar), Germaniya kansleri Olaf Shols (293,3 ming), Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba (276,4 ming) Irlandiya bosh vaziri Saymon Xarris. birinchi o‘nlikni (267,3 ming dollar) yopadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati