Rossiya chempionati. Fayzullayev gol urgan o‘yinda SSKA «Dinamo»ni mag‘lub etdi (video)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 00:07
Rossiya chempionatining 11-turi doirasida «Dinamo» o‘z maydonida SSKAni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi. Bahsning 17-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev jarima maydoni tashqarisidan zarba berib, to‘pni darvoza burchagiga joyladi. Uchrashuvning 55-daqiqasida dinamochilar hisobni tenglashtirishdi. Xorxe Karraskal o‘zining sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yin tugashiga bir daqiqa qolganida Tamerlan Musayev SSKA uchun g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Abbos esa 75-daqiqada zaxiraga olindi.Rossiya chempionati, 11-turDinamo – SSKA 1:2 (0:1, 1:1)Gollar: 0:1 – 17 Fayzullayev, 1:1 – 55 Karraskal, 1:2 – 89 Musayev.Dinamo – Lunev, Skopinsev (Marichal, 46), Fernandes, Balbuena, Dasa (Kutiskiy, 64), Laksalt, Artur (Fomin, 46), Bitello, Karraskal (Mauxub, 74), Ngamale, Tyukavin.SSKA – Akinfeev, Moyzes, Villian, Diveev, Krugovoy (Gayich, 75), Kislyak (Bistrovich, 79), Xelven, Zdyelar, Fayzullayev (Musayev, 75), Guarirapa, Oblyakov (Pyanich, 75).Ogohlantirishlar: Ngamale (62), Kislyak (73), Musayev (89).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati