• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qozog‘istonda referendum: To‘qayevdan muhim bayonot, ovoz bergani kelgan 100 yoshli otaxon (foto)

Qozog‘istonda referendum: To‘qayevdan muhim bayonot, ovoz bergani kelgan 100 yoshli otaxon (foto)

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 00:02
6 oktyabr kuni Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi.

Ovoz berish uchastkalarining umumiy soni 10 323 tani tashkil etadi.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish uchun 12 million 244 ming 683 nafar fuqaroni ro‘yxatga olgan.

Referendumga kelgan fuqarolar «Siz Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?» degan savolga javob qaytarmoqda.

Erta tongdan ovoz bergan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev referendumni «tarixiy hodisa» deb atagan.

«Xalq qanday qaror qabul qilishidan qat’i nazar, davlat uni qabul qiladi. Oqilona qaror qabul qilinishiga ishonaman», – degan u.
Qozog‘iston Energetika vazirligi avvalroq ko‘pchilik aholi referendumda AES qurilishini yoqlagudek bo‘lsa, pudratchi sifatida Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya va Fransiya kompaniyalaridan biri tanlanishini ma’lum qilgan edi. Prezident Q.To‘qayev ovoz berish uchastkasida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, AES qurilishi uchun bir davlat shirkatini emas, balki ilg‘or texnologiyalarga ega kompaniyalarning xalqaro konsorsiumini tanlagan ma’qul ekanini ta’kidladi.
Uchastkalarda alohida ehtiyojli, ya’ni nogironligi bor fuqarolarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ovoz berish qulayligi uchun panduslar, taktil belgilari, brayl alifbosi bilan jihozlangan kabinalar, maxsus quloqchin va kompyuterlar o‘rnatilgan.
Darvoqe, referendum kuni Ostona, Turkiston, Aqto‘be kabi yirik shaharlarda jamoat transporti bepul qilib qo‘yilgan.
Hukumat va parlament vakillari asosan poytaxtda ovoz bermoqda. Ostona shahridagi 60-ovoz berish uchastkasida Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev ovoz berayotganiga guvoh bo‘ldik.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati