Xitoy Shimoliy Koreya bilan strategik muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 23:56
KXDR raisi Si Szinpin Xitoy hozirgi vaziyatda Shimoliy Koreya bilan strategik muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Xitoy TIV saytida e’lon qilingan Si Szinpinning KXDR yetakchisi Kim Chen Inga mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik telegrammasida aytilgan.

“Hozirda Xitoy KXDR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligini strategik muvofiqlashtirishni mustahkamlash, do‘stlik va hamkorlikni chuqurlashtirish hamda Xitoy va KXDR o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlikning yangi boblarini yozishda davom etish imkoniyati sifatida qabul qilishga tayyor”, — deya Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Si Szinpin so‘zidan iqtibos keltiradi.

Xitoy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 75 yil davomida “ikki davlat xalq hokimiyatini mustahkamlash va milliy suverenitetni himoya qilish yo‘lidagi kurashda bir-birini qo‘llab-quvvatlab, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni rivojlantirish hamda xalqaro adolatni ta’minlashda yaqindan hamkorlik qilgan”.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati