Tramp AQSh birinchilardan bo‘lib Marsga qo‘nishiga va’da berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 23:36
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Pensilvaniyadagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida, agar u Oq uy rahbari etib saylansa, amerikalik astronavtlar Marsga qo‘nishiga va’da berdi, deb yozmoqda RIA Novosti ijtimoiy tarmoqdagi jonli efirga tayanib.

“Bizda koinotni o‘rganish bo‘yicha jahon birinchiligi bo‘ladi. Rahmat, Ilon! Biz harbiy ustunlikka ega bo‘lamiz. Va biz prezidentlik muddatim tugaguncha Marsga qo‘namiz...”, — dedi u.

Sentyabr oyida Mask agar vise-prezident Kamala Xarris noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, amerikaliklar Marsga hech qachon yetib bormasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ikkinchisidan farqli o‘laroq, Tramp "katta ishlarni amalga oshirishga imkon beradigan" hukumat samaradorligi komissiyasini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati