Durovning hibsga olinishi, uni tug‘ilajak farzandidan ayirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 23:32
Pavel Durovning aytishicha, hibsga olingan paytda uning sevgilisi Yuliya Vavilova homilador bo‘lgan.

Durovning Telegram’dagi postida aytilishicha, u Vavilovaning homiladorligi haqida 27 avgust kuni polisiya tomonidan so‘roq qilinayotgan paytda bilgan. Qiz hibsga olinishi va uning ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinishi, jumladan tadbirkorning hibsga olinishiga u sababchi bo‘lganligi haqidagi taxminlar tufayli katta stressni boshdan kechirdi. Homiladorlikning o‘ninchi haftasida chaqaloqning yuragi urishdan to‘xtadi, deyiladi postda, shundan so‘ng u operasiya qilindi.

Durov ko‘p farzandli ota. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uning sobiq sinfdoshi Daria Bondarenkodan ikki, Irina Bolgardan yana uchta farzandi bor. 2024 yilning yozida Pavel Durov sperma donori sifatida 12 mamlakatda 100 dan ortiq bolaning biologik otasi bo‘lganini e’lon qildi.

Durov 24 avgust kuni Parij yaqinidagi aeroportda qo‘lga olingan edi. Fransiyada u Telegram messenjerida sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlarga sheriklikda ayblanmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati