Andijonda kreditini to‘lolmagan fuqaroning Malibu’si auksionga chiqarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 17:02
Andijon viloyatida kreditdan qarzi bo‘lgan fuqaroning Malibu’si auksionga chiqarildi. Bu haqda MIB axborot xizmatiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, byuroning Andijon tumani bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan kredit qarzdorliklarini undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha garovdagi 55 ta 15 milliard so‘mlik mol-mulklar xatlangan bo‘lib, ulardan 20 ta 11,3 milliard so‘mlik mol-mulklar savdoga qo‘yilgan.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “B.B.T” MCHJdan bank foydasiga 936,2 million so‘m kredit qarzdorligini undirish, shuningdek, undiruvni garovdagi avtotransport vositalariga qaratish belgilangan.

Byuroning Andijon tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan Malibu ro‘yxatga olinib, xatlangan.

Belgilangan ixtiyoriy muddatlarda kredit qarzi to‘lanmagani sababli qiymati 264 000 000 so‘mni tashkil etuvchi avtomashina elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati