Bundesliga. Bavariya ochko yo‘qotdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 23:05
Biroz oldin Bundesliga 6-turidan o‘rin olgan bahs doirasida "Bavariya" "Ayntraxt" bilan durang o‘ynadi (3:3). 

"Qizillar" safidagi gollarga Kim, Upamekano hamda Olise mualliflik qildi. Shunday bo‘lishiga qaramay "Bavariya" turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.  

Ayntraxt F – Bavariya 3:3 (2:2, 1:1)

Gollar: 0:1 – 15 Kim Min Chje, 1:1 – 22 Marmush, 2:1 – 35 Ekitik, 2:2 – 38 Upamekano, 2:3 – 53 Olise, 3:3 – 90+4 Marmush.

Ayntraxt F – Santos, Teate, Kox, Tuta, Kristensen, Shaibi (Uzun, 80), Larsson (Getse, 75), Sxiri (Daud, 46), Knauff (Baoyya, 75), Marmush, Ekitik (Dina-Ebimbe, 66).

Bavariya – Noyer, Devis, Kim Min Chje, Upamekano (Dayer, 90), Gerreyru, Pavlovich (Palinya, 90+1), Kimmix, Olise (Laymer, 90), Gnabri (Koman, 67), Myuller, Keyn (Tel, 72).
Ogohlantirishlar: Myuller (43), Marmush (90+6).

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati