“Milton” dovuli yaqinlashmoqda: Floridaning 35 ta okrugida favqulodda holat e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 22:56
AQShning Florida shtatining 35 okrugida "Milton" tropik dovuli yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda shtat gubernatori Ron Desantis ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Florida gubernatori Ron Desantis dovul oldidan Floridaning 35 okrugida favqulodda holat e’lon qildi.

Avvalroq AQSh Milliy dovul markazi (NHC) “Milton” tropik dovuli Meksika ko‘rfaziga kelib, kelgusi hafta o‘rtalarida AQShning Florida shtatiga yetib borishini ma’lum qilgandi.

CNN telekanali sentyabr oyida AQSh janubi-sharqida sodir bo‘lgan “Xelen” dovuli qurbonlari soni kamida 227 kishiga yetganini ma’lum qildi.

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkasning ta’kidlashicha, Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha Federal agentlikda (FEMA) dovul mavsumining qolgan qismida dovul oqibatlarini bartaraf etish uchun yetarli mablag‘ yo‘q.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati