“Barselona” futbolchisi bu borada beshlikka kirib oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 22:44
Ispaniya chempionatida to‘qqizinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. “Barselona” “Alaves” darvozasiga uchta gol urdi.

Ikkinchi bo‘limda jiddiy jarohatidan forig‘ bo‘lgan niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong maydonga tushdi.

U "Barselona" safida 215-uchrashuvini o‘tkazdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha niderlandiyalik futbolchilar beshligidan joy oldi.

Bu yerda 292 ta o‘yin bilan Filipp Koku peshqadam, ikkinchi o‘rinda Ronald Kuman bormoqda – 264 ta bahs.

Patrik Klyuyvert "Barsa" safida 257 ta, Maykl Reyziger esa 255 ta o‘yinda maydonga tushgan. De Yong esa "Barselona" safida 215 ta o‘yinda maydonga tushgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati