“Barselona” futbolchisi bu borada beshlikka kirib oldi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 06-10-2024, 22:44
Ikkinchi bo‘limda jiddiy jarohatidan forig‘ bo‘lgan niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong maydonga tushdi.
U "Barselona" safida 215-uchrashuvini o‘tkazdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha niderlandiyalik futbolchilar beshligidan joy oldi.
Bu yerda 292 ta o‘yin bilan Filipp Koku peshqadam, ikkinchi o‘rinda Ronald Kuman bormoqda – 264 ta bahs.
Patrik Klyuyvert "Barsa" safida 257 ta, Maykl Reyziger esa 255 ta o‘yinda maydonga tushgan. De Yong esa "Barselona" safida 215 ta o‘yinda maydonga tushgan.