Qoraqalpog‘istonda Lacetti urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 22:25
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida velosiped boshqarib ketayotgan shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda MY5 telekanalining Hudud dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, hodisa Nukus-Shumanay-Taxtako‘pir yo‘lida soat 18:40 atrofida yuz bergan. Lacetti mashinasi Kegeyli tumanida yashovchi 32 yoshli velosiped haydovchisini yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida urib yuborgan.

YHXB axborot xizmati inspektori Tursinbay O‘temuratovning aytishicha, hodisa velosiped haydovchisi ustiga nur qaytaruvchi nimcha kiymasdan hamda velosipedni hech qanday ogohlantirib turuvchi chiroqlarsiz boshqargani oqibatida yuz bergan.

Oqibatda u og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning o‘tgan 9 oyi davomida Qoraqalpog‘istonda avtotransportlar va velosipedlar bilan bog‘liq 31 ta YTH sodir bo‘lgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati