“Qonundagi o‘g‘ri” Shakro Molodoy koloniyadan muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 16:52
Rossiyadagi eng mashhur kriminal “avtoritet”laridan biri, muqaddam tovlamachilikda ayblangan Zaxariy Kalashov (Shakro Molodoy) Krasnodar o‘lkasining Ust-Labinsk rayoni joylashgan Dvubratskiy qishlog‘idagi “IK-2”dan ozod qilindi. Bu haqda Life kanaliga yaqin Shot telegram-kanali birinchi bo‘lib xabar berdi. Shuningdek, buni huquqni muhofaza qilish organlari ham tasdiqladi.

71 yoshli Kalashov koloniyadan Jazoni ijro etish fejeral xizmatining tanib olish belshgilarisiz bo‘lgan, biroq “IK-2”ga tegishli “Gazel” yuk mashinasining kuzovida olib ketilgan. Bir vaqtning o‘zida, koloniyadagi parkovkadan qora rangli Haval krossoveri ham chiqib ketgan. Shot xabariga ko‘ra, u bir necha kundan beri “IK-2” yonida turgan. Ta’kidlanishicha, Haval koloniyadan chiqib ketganida, uning salonida “kuchli odamlar” bo‘lgan. “Gazel” ham, Haval ham Krasnodar tomon yo‘l olgan.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati