Xitoy aholisi kamayib bormoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 21:55
Xitoy hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda tug‘ilish koeffisenti ikki yildan beri muntazam pasayib bormoqda: bu ko‘rsatkich har 1000 kishi hisobiga 6,39 promilliga tushib qolgan bo‘lib, Sharqiy Osiyodagi boshqa rivojlangan davlatlar – Yaponiya va Janubiy Koreya darajasiga deyarli teng.

Sayyoramizda hozir 7,2 mlrd kishi yashaydi. BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot departamenti tayyorlagan hisobotda keltirilishicha, 2025 yilga borib Yer aholisi soni 8 mlrd dan, 2050 yilga borib, 9,5 mlrd dan ortishi kutilmoqda.

Xitoyda esa 2023 yil yakunida aholi soni 1,409 mlrd kishini tashkil etgan bo‘lib, bu 2022 yilga nisbatan 2,08 mln kishiga kam deganidir. Oxirgi 60 yil ichida Xitoy aholisi katta sur’atlar bilan kamaya boshlagan. O‘tgan yili hindistonliklar 1 mlrd 425 mln kishiga yetgani munosabati bilan, Xitoy dunyodagi eng aholisi ko‘p mamlakat maqomini Hindistonga boy berdi.

Mazkur demografik hodisaning Xitoyga, shuningdek, global iqtisodiyot va siyosatga ta’siri katta, albatta.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati