Isroilning hujumi natijasida G‘azoda halok bo‘lganlar soni 42 mingga yaqinlashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 21:48
2023 yil oktyabr oyida anklavda operasiya boshlanganidan beri Isroil harbiy harakatlari natijasida G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 41,9 mingga yaqinlashmoqda.

Bu haqda Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining "Telegram" kanalida shunday ma’lumotlarni taqdim etdi.

"Isroilning 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azodagi harakatlari natijasida halok bo‘lganlar soni 41 870 nafarga yetdi, yana 97 166 kishi jarohat oldi”, — deyiladi departamentning xulosasida.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi, "so‘nggi 24 soat ichida Isroilning G‘azoning turli hududlarini o‘qqa tutishi va bombalashi natijasida 45 falastinlik halok bo‘ldi va 256 kishi yaralandi" deb qo‘shimcha qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati