Tunisda prezidentlik saylovida amaldagi prezident Kais Said g‘alaba qozonishi mumkin
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 06-10-2024, 21:36
Tunisdagi prezidentlik saylovida o‘ndan ortiq siyosatchi o‘z nomzodini ilgari surdi, biroq saylov komissiyasi ulardan faqat ikkitasini saylovda ishtirok etishini tasdiqladi. Amaldagi prezident Kays Saidning raqiblaridan biri Ayachi Zammel ovoz berishdan atigi besh kun oldin hujjatlarni soxtalashtirganlik ayblovi bilan 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Tunisda 2010 yil oxirida Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi avtokratik hukmdorlarga qarshi bir qator qo‘zg‘olonlarni o‘z ichiga olgan “arab bahori” boshlangan edi. Tunisdagi ommaviy norozilik namoyishlari 2011 yilda yigirma yildan ko‘proq vaqt davomida hokimiyatda bo‘lgan prezident Zin al-Obidin Ben Alining hokimiyatdan ag‘darilishi bilan yakunlangan.