Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 06-10-2024, 21:16
Alisher To‘xtayev bu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administrasiyasida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Alisher To‘xtayev 2021–2024-yillarda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oybek Usmonov o‘rniga tayinlangan.