• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Magic citydagi yong‘inga qisqa muddatda (bir daqiqa) yetib borilganligi yuzasidan izoh berildi

Magic citydagi yong‘inga qisqa muddatda (bir daqiqa) yetib borilganligi yuzasidan izoh berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 21:09
"Magic city"dagi yong‘inga qisqa muddatda (bir daqiqa) yetib borilganligi yuzasidan salbiy xabarlar tarqaldi.

Favqudodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berishicha (https://t.me/MCHSUzbek/27311), vazirlikning yong‘in-qutqaruv ekipajlari odamlar ommaviy tashrif buyuradigan maskanlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqudodda vaziyatlar hamda yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda tez va qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida, bunday maskanlarda navbatchilik olib boradi.

Shu sababdan "Magic city" kirish darvozasi oldidagi butkada sodir bo‘lgan yong‘inga o‘sha yerda navbatchilik olib borayotgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari qisqa muddatda yetib borgan.

Shu o‘rinda, Favqudodda vaziyatlar vazirligi ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz va noo‘rin materiallarni tarqatmaslik, balki mavjud ma’lumotlardan unumli foydalanishni so‘rab qoladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati