Tennis: Nigina Abduraimova Sloveniya turnirining juftligida finalga chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 16:44
Kecha O‘zbekistonning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova yakkalik bahslarda turnirning 1/4 finalida germaniyalik Lara Shmidt bilan ro‘baro‘ keldi.

Murosasiz o‘tgan bahs ikki soat 10 daqiqa davom etdi. Musobaqada Abduraimova raqibasini 4/6, 6/2, 6/4 hisoblarida mag‘lub etdi.

Mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan mazkur turnirning bugun o‘tadigan yarim final musobaqasida Abduraimova rossiyalik Savinnix bilan kuch sinashadi.

Turnirning juftlik bahslarida chexiyalik Jessika Malechkova bilan tandem hosil qilgan Nigina 62 daqiqa davom etgan yarim finalda vengriyalik Adriyen Nagi hamda chexiyalik Aneta Kuchmova hamkorligini 6/1, 1/6, tay-brekda 10/5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugun Abduraimova va Malechkova juftligi musobaqaning juftlik bahslari finalida amerikalik Anna Rojers hamda portugaliyalik Fransiska Xorxe tandemiga qarshi kortga chiqadi.

Musobaqaning yakkalik bahslaridagi final uchrashuvi 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati