Ten Xag: Manchester Yunaytedga gol yetishmayapti. Bu biz yaxshilashimiz kerak bo‘lgan narsadir

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 20:47
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Aston Villa"ga qarshi (0:0) APL 7-tur uchrashuvi natijasini sarhisob qildi.

"Bu joriy mavsumdagi to‘rtinchi quruq o‘yin. Bizda juda yaxshi o‘yin tashkil etish va birdamlik, yaxshi xarakter va ruh bor edi. Bir nechta vaziyatlar yaratdik, lekin ko‘p emas. Ammo ikkala jamoa ham haqiqatda teng edi. Oxirgi o‘yinlarda ko‘plab vaziyatlar yaratmoqdamiz, ammo biz bundan buyon kuchaytirishimiz kerak.

Bilamizki, ayni damda oldimizga golllar yetishmayapti, shu nuqtai nazardan bu yaxshi boshlanish emas. Bu yaxshilashimiz kerak bo‘lgan narsa", - deya Ten Xagning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Erik ten Xag shogirdlari sakkiz ochko jamg‘arib, Premyer-liga turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati