Senator muammoli masalaga hukumat e’tibor qaratishini so‘radi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 16:40
– O‘rganishlar natijasida Oilaviy bolalar uylari faoliyati bo‘yicha duch kelgan muhim bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman, – dedi D.Toshmuhamedova. – Xabaringiz bor, 2022 yil 1 sentyabrga qadar Oilaviy bolalar uyi yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritgan. Bunda bolalarni parvarishlayotgan ota-onalarga ish haqi to‘lanib, ularga mehnat staji hisoblangan. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgustdagi PQ–345-sonli qaroriga asosan Oilaviy bolalar uylarini yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish belgilangan. Bundan ko‘zlangan maqsad ko‘ngli yarim bolalarni institutlashgan tuzilmada emas, balki chinakam oilada ota-ona mehrini his qildirgan holda tarbiyalash, ular uchun oilada yetarli sharoit yaratib berishdan iborat. O‘ylaymanki, bu juda to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Chunki, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni institutlashgan tuzilmada saqlash va tarbiyalash ularni kelajakda oddiy hayotiy ko‘nikmalarni hamda oilaviy qadriyatlarni bilmay ulg‘ayishiga sabab bo‘ladi. Zotan, har bir bola o‘z oilasida ijtimoiy moslashib boradi.

Hozirda respublikamizda 126 ta oilaviy bolalar uylari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 659 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Senator Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan ota-onalar bilan muloqot qilganida ular kelajakda mehnat staji bo‘yicha pensiya olish imkoniyatini saqlab qolish maqsadida ularni o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish taklifini bildirganini ta’kidladi.

– Bir farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazish qanchalik mas’uliyatli va mashaqqatli ish ekanini juda yaxshi bilamiz. Shu ma’noda mazkur taklif hukumat tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilsa va ijobiy hal etish choralari ko‘rilsa, 659 nafar bolani parvarishlab, tarbiyalayotgan fidoyi ota-onalarni qo‘llab-quvvatlagan va rag‘batlantirgan bo‘lar edik, – dedi senator.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati