Shols Isroilga ko‘r-ko‘rona nafratni qoraladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 06-10-2024, 20:05
Uning qayd etishicha, HAMAS “Isroilga dahshatli hujumi bilan” Falastin xalqi uchun ham falokat keltirib chiqardi: "Hujum shunchalik ko‘p vayronagarchiliklar, azob-uqubatlar, insonlarning halok bo‘lishi va yaralanishiga sabab bo‘ldi". Shu sababli, Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati o‘t ochishni to‘xtatishga qat’iy intilishda davom etmoqda.
Shols mustahkam tinchlik ikki davlat tamoyiliga muvofiq “diplomatik kelishuvga erishishning haqiqiy yo‘lini” talab qilishini qo‘shimcha qildi. "Germaniya buni osonlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarga tayyor", deb ishontirdi kansler.