Real qishda Karvaxalning o‘rniga yangi futbolchi sotib olmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 19:26
Madridning "Real" klubi yanvar oyida Dani Karvaxal o‘rniga futbolchi sotib olishni rejalashtirmayapti.

Oldinroq, ispaniyalik himoyachining "Vilyarreal"ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgani sababli, Madrid klubi yanvar oyidagi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

AS nashri manbalarga tayanib xabar berishicha, "Real Madrid" o‘ng qanot himoyachisi o‘rniga favqulodda futbolchi qidirmayapti, shuningdek, qishda markaziy himoyachi ham sotib olmoqchi emas.

Qayd etilishicha, jamoa Karvaxal o‘rniga Lukas Vaskesga to‘liq ishonadi va himoya markazida futbolchi sotib olish dastlab klub uchun ustuvor vazifa bo‘lmagan.

"Real" La Ligada 9 turdan keyin 21 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati