Uchtepa tuman hokimi ommaviy qabulga kelmaganligi aytildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 19:15
Ijtimoiy tarmoqlarda "Biz ikki soat kutdik, ammo hokim ommaviy qabulga kelmadi" sarlavhali xabar tarqaldi.

Bunga javoban Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmati quydagicha javob beradi:

Haqiqatdan ham 4 oktyabr kuni soat 14:00 dan boshlab, Uchtepa tuman Madaniyat markazida tuman hokimi o‘rinbosarlari va mas’ullari tomonidan ommaviy qabul tashkil etilib, 50 nafardan ortiq murojaatchilar o‘z murojaatlariga tegishliligicha javob olishdi.

Tuman hokimi Bunyod Mamadjanov qabul davomida Toshkent shahar hokimi o‘tkazayotgan yig‘ilishda ishtirok etgani bois, ushbu qabulda shaxsan ishtirok eta olmaganligini ma’lum qilamiz.

"Vatanparvar" mahallasidan kelgan fuqarolarga o‘sha vaqtning o‘zidayoq tuman hokimi Matbuot kotibi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan hokim ushbu tadbirda ishtirok eta olmasligi sabablari ma’lum qilingan.

Yaqin kunlarda tuman hokimi mazkur mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati