Motta: A Seriya o‘yinlari qiyin o‘tadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 19:11
Tyago Motta A Seriyada "Kalyari" bilan qayd etilgan durang haqida gapirdi.

Italiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. Turinliklar 15-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa-da, 88-daqiqada penaltidan gol o‘tkazib yubordi.

"Biz o‘yinni nazorat qildik va birinchi bo‘limdagi goldan keyin biz hujumda davom etishimiz kerak bo‘lgan to‘pga ega bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda biz bir nechta vaziyatlar yaratdik, ammo har doim "Kalyari" o‘yinga qaytishi mumkin degan his bor edi.

A Seriyaning barcha o‘yinlari raqibdan qat’i nazar, qiyin o‘tadi. Bugun biz "Kalyari"ni mag‘lubiyatga uchratish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Raqibga bosim o‘tkaza olmadik va vaziyatlarni yakunlay olmadik.

O‘yin oxirida penalti va qizil kartochka bo‘ldi, shuning uchun biz xohlagan natijaga erishish qiyin bo‘ldi", - deydi "Yuventus" ustozi.

Jamoa 7 uchrashuvdan 13 ochko jamg‘arib, Italiya chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati