Senat hukumatga parlament so‘rovi yubordi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 16:34
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov yurtimizda ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlarini yumshatish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish ustuvor vazifaga aylandi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda sohani boshqaruvchi va tartibga soluvchi mustahkam tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar umumiy maydoni 6,321 million gektarga yetkazilib, ular mamlakat hududining 14,08 foizini tashkil etmoqda.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda esa O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar (umurtqali) turlarining 83 foizi va o‘simlik turlarining 89 foizi qamrab olingan.

Senatorlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bioxilma-xillikni asrash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, o‘simlik va hayvonot olami vakillari kadastri yuritilishida ayrim masalalar mavjudligini ta’kidladi.
Jumladan, aholi tomonidan noqonuniy tarzda chorva mollari boqilishi va boshqa salbiy omillar sabab muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy biomassasi siyraklashgan.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning biologik xilma-xilligi, degradasiya jarayonlari, ularning xo‘jalik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari talab darajasida emas.
Inqirozga uchragan maydonlarni qayta tiklash ishlari amalga oshirilmagani tufayli shamol va suv ta’sirida tuproq eroziyasi kuchayib, cho‘llanish, chang-to‘zonlarning hosil bo‘lishi surunkali tus olmoqda.
Keyingi yillarda turli tabiiy va antropogen omillar tufayli hayvonot va nabotot olami turlari soni kamayib, yashash muhitlaridagi ahvol yanada keskinlashmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati