Shinjonlik rektor Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 16:30
Samarqandlik tibbiyotchilar bilan uchrashuvda yurtimizdagi mazkur nufuzli universitet bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari muhokama etildi. Mehmonlarga universitet ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Shinjon tibbiyot universiteti rektori Haji Akber Aisaga Samarqand davlat tibbiyot universitetining faxriy professori unvoni berildi.

Professor Haji Akber Aisa ushbu e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, Shinjon va Samarqand tibbiyot universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomon uchun ham har tomonlama manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati