Superliga. Paxtakor Toshkentda Dinamoni yengdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 16:48
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan o‘yin 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda “Paxtakor” Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi. “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent klubi g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Dragan Cheran hisobni ochdi. Qanotdan yetkazib berilgan to‘pni darvozaga yo‘llagan Cheran mo‘ljalda adashmadi. Duglas Maykon 18-daqiqa hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Samarqand klubi himoyachisi qo‘l bilan o‘ynadi deb topgan hakam 11 metrlik nuqtan ko‘rsatdi. Cheran ikkinchi golni Samarqand darvozasiga joylab qo‘ydi. Dushan Miyich 55-daqiqada Nazarov darvozasiga zarba yo‘lladi. To‘p “Paxtakor” futbolchilariga tegib darvozadan joy oldi — 2:2.

70-daqiqada “Paxtakor” klubi hujumga o‘tdi. To‘p uzatilayotgan Samarqand futbolchisi qo‘lini tanasiga yashirishga harakat qildi, ammo hakam bu safar ham penalti bor deb hisobladi. Nuqtaga yaqinlashgan Cheran tug‘ilgan kunida xet-trikka erishdi va to‘pni uyga olib ketish huquqiga ega bo‘ldi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘ngida “Paxtakor” futbolchisi Diyor Xolmatov yakuniy hisob 4:2 bo‘lishini ta’minladi. Shu tariqa “Paxtakor” Toshkentda g‘alaba qozondi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati