Toshkent va Sirdaryoda pilot sifatida “Ijtimoiy taksi” loyihasi joriy etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 16:28
Mazkur loyihadan maqsad nogironligi bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning transport xizmatlaridan qulay foydalanishi va harakatlanish qulayligini ta’minlashdan iborat.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent va Sirdaryoda pilot sifatida “Ijtimoiy taksi” loyihasi joriy etilishini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyihadan maqsad nogironligi bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning transport xizmatlaridan qulay foydalanishi va harakatlanish qulayligini ta’minlashdan iborat.

Agentlik bu borada yo‘nalishsiz taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchi manfaatdor yuridik shaxslarni hamkorlikka chaqiradi.

Agentlik yo‘nalishsiz taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchi manfaatdor yuridik shaxslarni quyidagi masalalarni muhokama qilishga taklif etadi:

– nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy taksi xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, shu jumladan, buyurtma qabul qilish, nogironligi bo‘lgan shaxsni kutib olish, nogironligi bo‘lgan shaxsni joylashgan joyidan belgilangan joyga olib borishda yordam berish (hamrohlik qiluvchi shaxs bo‘lmaganda), shuningdek, avtomobilga(dan) chiqarish/tushirish (zarur hollarda), nogironlar aravachasi va boshqa yuklarni (zarur hollarda) ortish/tushirish, nogironligi bo‘lgan shaxs va hamrohlik qiluvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) belgilangan joyga borishi va boshqa holatlar;
– to‘lov olinmaydigan (bepul) maksimal kutish vaqtini aniqlash;
– «Ijtimoiy taksi»da borib kelish mumkin bo‘lgan ob’ektlar (borish manzillari) ro‘yxatiga muvofiq marshrutni kuzatish mexanizmlari.
Manfaatdor tomonlar quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olishlari va oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati