Toqayev: Davlat xalq irodasi bilan boshqariladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 16:11

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Prezident markazida joylashgan 211-sonli saylov uchastkasida atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha respublika referendumida ovoz berishda ishtirok etdi.

Ovoz berishdan keyin Toqayev mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi. Jumladan, davlat rahbari referendum natijalariga oid umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Shubhasiz, bugungi kun tarixda qoladi. Fuqarolarimiz tanlov qilishlari kerak - atom elektr stansiyasi bo‘lish yoki bo‘lmaslik. Referendum to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaning juda samarali mexanizmidir. Xalq qanday qaror qabul qilmasin, davlat uning xohish-irodasi bilan boshqariladi. Ishonchim komilki, to‘g‘ri qaror qabul qilinadi. Darhaqiqat, bu muhim voqea. Shuning uchun men referendum o‘tkazish tarafdoriman», — dedi davlat rahbari.

Keyin prezidentdan referendum natijalariga ko‘ra qaror xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, AES qurilishida kim ishtirok etishi so‘ralgan.

“Bu qiyin savol. Hukumat tahlil qilib, tegishli muzokaralar olib borishi kerak. Bu masala bo‘yicha mening shaxsiy qarashim shundan iboratki, Qozog‘istonda eng ilg‘or texnologiyalarga ega global kompaniyalardan iborat xalqaro konsorsium ishlashi kerak, - dedi davlat rahbari.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati