Tunisda prezidentlik saylovlarida ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 15:43
Tunisda 6-oktabr, yakshanba kuni prezidentlik saylovlarida ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08.00da ochilib, 18.00da yopiladi.

59 ta xorijiy davlatda ovoz berish 4 oktabr kuni boshlangan va bugun ham yakunlanadi.

9 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan.

Oliy hukumat lavozimiga amaldagi prezident Qays Said, Xalq harakati yetakchisi Zuhayr al-Mag‘zaviy va siyosiy faoliyatini 2020 yilda boshlagan Ayashi Zammel da’vogarlik qilmoqda.

Sammel imzo to‘plashdagi firibgarlik va saylov kampaniyasiga homiylik qilganlikda ayblanib, sentyabr oyi boshidan beri hibsda saqlanmoqda. Saylovga uch kun qolganida Tunis apellyasiya sudi siyosatchining 1 yilu 8 oylik qamoq jazosini tasdiqladi.
Tunis muxolifati saylovlarni boykot qilmoqda. Mamlakatning yetakchi siyosiy partiyalaridan biri bo‘lgan Ennahda harakati saylov jarayoni uchun «mos demokratik muhit» yo‘qligini aytadi.
Oldin yetakchi muxolifat partiyalari «shaffoflik va adolatli raqobat sharoitlari yo‘q» bo‘lgan saylovlarni boykot qilish niyatlari haqida qo‘shma bayonot chiqargan edi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati