Realning sobiq forvardi Malayziyaga o‘tishi haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 15:25
"Real" va "PSJ"dagi o‘yinlari bilan tanilgan hujumchi Xese Rodriges Malayziya chempionatidan "Johor Darul Takzim" klubiga o‘tgani haqida gapirdi.

"Futbol menga berayotgan imkoniyatlardan xursandman. Malayziyadagi yangi sarguzashtim boshlanadi. Ishonamanki, biz birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz. Men faoliyatimni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Ishonchingiz uchun tashakkur", - deb yozgan ispaniyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Xese "Los Blankos" asosiy jamoasi tarkibida 94 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U ikki marta UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, shuningdek, La Liga chempioni va Ispaniya kubogi g‘olibiga aylandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati