Al-Ahli Saloh bilan muzokara olib bormoqda va van Deykka qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 14:00
"Al-Ahli" hozirda "Liverpul"ning 32 yoshli vingeri Muhammad Saloh bilan muzokaralar olib bormoqda, shuningdek, "mersisaydliklar"ning 33 yoshli markaziy himoyachisi Virjil van Deyk bilan shartnoma holatini ham kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Al-Ahli"ning rejasi bu futbolchilarga yana bir mavsum uzaytirish varianti bilan 3 yillik shartnoma taklif qilish. Ta’kidlanishicha, misrlik futbolchi uchun ustuvor vazifa "Liverpul"da qolish, ammo u Saudiya Arabistoniga o‘tish imkoniyatini istisno etmayapti.

Saloh va van Deykning ingliz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati