Ayrim hududlarning elektr ta’minotida 25 daqiqa uzilish kuzatilgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 16:12
Soat 14:45 da Qashqadaryo viloyatidagi «Tolimarjon» issiqlik elektr stansiyasining 2 ta bug‘-gaz qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlaridagi iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan.

Soat 15:10 da (25 daqiqada) yuqoridagi barcha iste’molchilar zaxira manbalar yordamida elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlangan.

Hozirgi vaqtda mazkur stansiyaning maxsus brigadasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati