Arsenalning sobiq futbolchisi MYUga o‘tganini tasdiqladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 12:18
"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Chido Obi-Martin "Manchester Yunayted"ga o‘tganini tasdiqladi.

O‘tgan yozda Obi-Martinning "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetdi, u "Arsenal" tizimida ikki yil o‘ynadi.

Chido London klubida qolishni istamadi va endi o‘z rivojlanishini "MYU"da davom ettiradi. "Qizil iblislar" Premyer-ligadan ruxsat olganidan keyin 16 yoshli daniyalik bilan shartnoma imzoladi.

"Ushbu ajoyib klub bilan shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. Endi diqqatimni jamlash va barcha orzularimni ro‘yobga chiqarish vaqti keldi. Shu yergacha yetib kelishimga yordam bergan barchaga rahmat", - deb yozdi Obi-Martin "Instagram" sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Obi-Martin o‘tgan yilning noyabr oyida "Arsenal U-16" jamoasi uchun "Liverpul"dagi tengdoshlariga qarshi o‘yinda (14:3) 10 ta gol urganida mashhur bo‘lgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati