Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan qurol chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 11:20
“Qamchiq” dovonida "Damas" avtomobili to‘xtatilganda salonda qurol topildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

4 oktyabr kuni “Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelgan "Damas" rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 1991 yilda tug‘ilgan M.M. tomonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan pnevmatik o‘q otish quroli olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan qurol hamda fuqaro M.M. Pop tumani IIB xodimlariga surishtiruvni davom ettirishlik uchun topshirilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati