OIIB va Shveysariya O‘zbekistonda suv ta’minoti loyihasini moliyalashtiradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 10:29
Osiyo infratuzilmaviy investisiya banki (OIIB) va Shveysariya Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati suv ta’minoti va kanalizasiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qiymati 8,8 million dollarlik shartnoma imzolandi.

Mazkur tashabbus mamlakatimizning suv ta’siri ostidagi hududlarida resurslarni boshqarish, oqava xizmatini yaxshilash va toshqin xavfini olishga qaratilgan.

Loyiha ayniqsa iqlim o‘zgarishi va aholining o‘sib borayotgan ehtiyoji sharoitida dolzarb bo‘lgan suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha samarali yechimlar topishga hissa qo‘shadi. OIIB faoliyatining yashil infratuzilma va zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi. Shuningdek, mamlakatning ekologiya barqarorligi tamoyiliga sodiqligini ta’kidlaydi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati