«Real» Karvaxal bo‘yicha ijobiy yangilikka umid qilmayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 10:28
«Real Madrid» Dani Karvaxalning jarohati juda jiddiy bo‘lishini tushunadi.

O‘ng qanot himoyachisi «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin oxirida Yeremi Pino bilan to‘qnashuvda og‘riqlik jarohat oldi. 32 yoshli futbolchining vaziyatga munosabatidan jarohat darajasi ma’lum bo‘lgan. Karvaxal maydonni zambilda tark etgan va o‘yindan so‘ng darhol tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

"Relevo" xabariga ko‘ra, «Real Madrid» futbolchining jarohati borasida ijobiy xabar kutmayapti. Klub muammo jiddiy ekanini tushunadi - yagona savol qanchalik jiddiy.

Shuningdek, uchrashuv yakunida g‘alabaga (2:0) qaramay, Karvaxal bilan sodir bo‘lgan voqea tufayli "Los-Blankos"ning kiyim almashtirish xonasida o‘ta tushkun muhit hukm surgani qayd etilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati