Surxondaryoda patronaj hamshiralariga skuterlar topshirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 15:42
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim, tibbiyot maskanlari, mahalla “ettiligi” faoliyati, “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish tadbirlarining borishi bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga borgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar beryapti.

Tumandagi 27-sonli oilaviy poliklinika bo‘lgan viloyat rahbari hudud aholisi tarqoq joylashganligi, patronaj xizmati ko‘rsatishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi sababli birinchi marta tajriba sifatida patronaj hamshiralariga skuterlar va patronaj sumkalarini topshirgan.

“Bundan tashqari patronaj hamshirlariga UzGPRS tarmog‘iga ulangan planshetlar topshirildi. Shu yerning o‘zida ushbu planshetlarning afzallik va qulayliklari taqdimot qilindi. Hamshiralarning kunlik ishlari, kirilgan xonadonlar, ularda aniqlangan kasalliklar ko‘rsatkichlari onlayn tizimga kiritilib boriladi. Ushbu ma’lumotlar 6 oy davomida saqlanadi va patronaj hamshiralarining ish faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlarini shu orqali baholash imkoniyati yaratiladi”, – deyiladi xabarda.

Oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishuvda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev ham ishtirok etgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati