Rossiya aviasiyasi Belgorod oblastida yana ikkita bombani “tushirib qoldirdi”
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 13
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 15:40
Bezimeno qishlog‘i hududida 28 mart kuni ertalab fugasli aviabomba (FAB-250) topildi. 140 dan ortiq qishloq aholisi bir sutkaga evakuasiya qilindi, kechqurun esa bomba olib chiqib ketildi va yo‘q qilindi. Ikkinchi FAB-500 bombasi Nechayevka qishlog‘ida topilgan. Qishloq aholisi evakuasiya qilinmagan.
Rossiya harbiy samolyotlari muntazam ravishda Ukrainaga uchib o‘tayotganda o‘q-dorilarni “tushirib qoldiradi”. Ko‘pincha voqealar Belgorod oblastida sodir bo‘ladi. 22 fevral kuni FAB-250 Soloti qishlog‘iga tushgan, u portlamagan, keyinchalik poligonda yo‘q qilingan. 27 yanvar kuni esa Korochanskiy rayonidagi Postnikov qishlog‘ida FAB-250 topilgandi.