Qoyil, ro‘zadorlarga imkoniyat!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 15:34
FIFA kunlari boshlanishidan oldin Belgiya chempionatida juda ta’sirli voqeliklar kuzatildi

3ta o‘yinda uch nafar darvozabon bir vaqtda tibbiy yordamga ehtiyoj sezdi. Jarohatmi? Yo‘q, shunchaki, ro‘zadorlarga og‘iz ochib olish imkoniyatini yaratish uchun o‘ylab topilgan qoyilmaqom aksiya! Tasanno!

Belgiya chempionatidan o‘rin olgan o‘yinlarda ro‘zador futbolchilarning og‘iz ochib, yengil tamaddi qilib olishlariga imkon yo‘q. Chunki Ramazon oyida buning uchun kichik tanaffus e’lon qilish ko‘zda tutilmagan. Diqqatga sazovor tomoni, klublarning o‘zi bu borada tashabbus ko‘rsatib, ro‘za tutgan futbolchilarga imkon yaratmoqda.  Jumladan, Yupiler-Liga 30-turi taqvimi bo‘yicha 17 mart kuni parallel ravishda o‘tkazilgan 3ta o‘yinning bir vaqti, ya’ni 20-daqiqasida 3 nafar darvozabon turli holatda tibbiy yordamga ehtiyoj sezdi: 

«Gent» - «Sharlerua» (5:0). Darvozabon Erve Koffi og‘riqdan shikoyat qilib, maydonga yotib oldi. 

«Aud-Xeverle Lyoven» - «Mexelen» (1:0). Darvozabon Tobe Leysen xuddi mushaklari tortib qolgandek maydonga ohista «quladi».

«Vesterlo» - «Genk» (1:1). Darvozabon Marten Vandevordt jarima maydoni chizig‘iga yaqinlashdiyu, birdan o‘tirib oldi. 
Tushunarliki, bu ro‘zador futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash harakati. Har holda, darvozabonlarning soxta jarohati ortidan ro‘za tutganlar og‘iz ochish uchun ma’lum vaqtga ega bo‘lishdi. Belgiyada hakamlar iftorlik uchun tanaffus e’lon qilish huquqiga ega emaslar. Shuning uchun bu missiyani darvozabondar o‘z zimmalariga olishmoqda. Yana bir marta qoyil! Zero, darvozabon maydonda yotgan vaqt hakam xohlasa-xohlamasa, o‘yinni to‘xtatib turishga majbur...
MUHAMMADXON tayyorladi

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati