Tyuram faoliyatida ikkinchi bor bu ishni qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 02:52
"Inter" hujumchisi Markus Tyuram "Torino" bilan uchrashuvda uchta gol urdi.

Fransiyalik futbolchi "buqalar" darvozasiga 25, 35 va 60-daqiqalarda gol urdi. Opta xabariga ko‘ra, bu Tyuramning professional faoliyatidagi ikkinchi xet-trik va kuchli beshlik chempionatlaridagi birinchisi. Bugungi kunga qadar forvard 2022 yilning iyul oyida Myonxengladbaxning "Borussiya"si bilan Germaniya kubogi doirasidagi "Oberaxern"ga (9:1) qarshi o‘yinda uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Markus Tyuram joriy A Seriyada 7 ta o‘yinda 7 ta gol urgan. Futbolchi o‘tgan yozdan beri "neradzurrilar" sharafini himoya qilib kelmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati