• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston delegasiyasi Parijda bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya Kengashi sessiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegasiyasi Parijda bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya Kengashi sessiyasida ishtirok etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 15:26
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi shu yilning 26-27 mart kunlari Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya Kengashining 219-sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir doirasida 2025 yilda Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ko‘rib chiqildi.

YUNESKO rahbariyati va a’zo davlatlar o‘tgan yili YUNESKOning asosiy boshqaruv organi majlisini Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan buyon O‘zbekiston hukumati tomonidan tadbirga tayyorgarlik ko‘rish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Sessiya ishtirokchilari joriy yil 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025 yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilinganligini yuqori baholadilar. So‘nggi yillarda respublika tomonidan yirik xalqaro tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha to‘plangan boy tajribani hisobga olgan holda, bo‘lajak sessiya muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga ishonch bildirildi.

Parij shahrida O‘zbekiston delegasiyasi YUNESKO rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Bosh konferensiya 43-sessiyasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikning aniq jihatlari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Fransiya Prezidenti Administrasiyasining Kontinental Yevropa bo‘yicha maslahatchisi Bertrand Bushvalter va Fransiya tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Melani Rossel bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muloqotlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston-Fransiya hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, joriy yilga rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati