Anchelotti Karvaxalning jarohati haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 02:50
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Daniel Karvaxalning jarohati haqidagi savolga javob berdi.

O‘ng qanot himoyachisi "Vilyarreal" bilan o‘yin (2:0) oxirida Yeremi Pino bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng tizzasidan jarohatlagan. 32 yoshli futbolchi maydonni zambilda tark etdi.

"Los-Blankos" bosh murabbiyi muammo juda jiddiy ko‘rinayotganini tasdiqladi: "Karvaxal jiddiy jarohat oldi. Biz juda afsusdamiz. Doktor menga uning tizzasini jarohatlaganini aytdi. Biz aniq nima bo‘lganini hali bilmaymiz. Tez orada u qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tadi", - deya italiyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Daniel Karvaxal joriy mavsumda "Real" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati