Jurnalistlar Ukrainada halok bo‘lganin 49 ming rossiyalik harbiyning ismlarini tasdiqladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 15:22
BBC Britaniya mediakompaniyasining rus xizmati, "Mediazona" nashri va ko‘ngillilar ochiq manbalar ma’lumotlaridan foydalangan holda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida halok bo‘lgan 49 281 nafar rossiyalik harbiyning ismini aniqladi. Bu haqda 29 mart, juma kuni "Mediazona" xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, so‘nggi ikki hafta ichida ro‘yxat 1580 kishining ismi-sharifi bilan to‘ldirilgan. Ro‘yxatdagi ismlarning deyarli uchdan bir qismi urushga jalb qilingan mahkumlar (8887 kishi yoki 18 foiz) va ko‘ngillilarga (6434 kishi yoki 13,1 foiz) tegishli. Shu jumladan, Ukraina bilan urushda 3329 ofiser halok bo‘ldi, ulardan 386 nafari podpolkovnik va undan yuqori unvonga ega.

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Uilyam Berns 30 yanvar kuni Amerikaning Foreign Affairs nashri uchun ruknida Rossiya armiyasining Ukrainadagi umumiy yo‘qotishlarini 315 ming kishi atrofida baholagan edi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati