Joylashtirish vositalarining xalqaro bronlash tizimidagi faoliyati tahlil qilinmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 15:20
Mehmonxona xizmati foydalanuvchilariga to‘g‘ri va asosli ma’lumot taqdim etilishini nazorat qilish maqsadida «Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» DUK tomonidan respublikadagi joylashtirish vositalarining xalqaro bronlash tizimi www.booking.com, www.ostrovok.ru, www.mybooking.uz sahifalaridagi ma’lumotlari tahlil qilib borilmoqda. Tahlil davomida joylashtirish vositalari tomonidan bronlash tizimlariga asossiz ma’lumotlarni kiritilishi holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, joriy yilning 15 yanvar holatiga asossiz toifa qo‘yganlar bo‘yicha 175 ta, sertifikatsiz hamda reestrga kiritilmasdan faoliyat ko‘rsatayotganlar bo‘yicha 234 ta, joylashtirish vositasi turini, nomini, manzilini noto‘g‘ri qo‘yganlar bo‘yicha 49 ta, jami 458 ta holat aniqlandi.

Mehmonxona xizmati foydalanuvchilariga asosli va to‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash maqsadida manfaatdor tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda bir qator ishlar olib borildi va quyidagi natijalarga erishildi.

Asossiz toifa (yulduz) qo‘yganlar bo‘yicha 69 ta, sertifikatsiz hamda reestrga kiritilmasdan faoliyat ko‘rsatayotganlar bo‘yicha 144 ta, joylashtirish vositasi turini, nomini, manzilini noto‘g‘ri qo‘yganlar bo‘yicha 19 ta, jami 232 ta holat bartaraf etildi.

Xususan, yurtimizda faoliyat olib borayotgan 67 ta joylashtirish vositalarining xalqaro bronlash tizimidagi toifa ma’lumotlari to‘g‘rilandi. Sertifikatsiz faoliyat yuritayotgan 4 ta joylashtirish vositasi o‘rnatilgan tartibda sertifikatlandi.

Joylashtirish vositalarining xalqaro onlayn bronlash tizimidagi ma’lumotlarini monitoring qilish hamda asossiz ma’lumotlarni to‘g‘rilash ishlari muntazam davom ettiriladi.
Shu bilan birga, kelgusida mazkur onlayn bronlash tizimlarida asossiz ma’lumotlarni qo‘ygan joylashtirish vositalari to‘g‘risida ma’lumotlarni OAVda yoritib boriladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati