Bayer Xabi Alonso boshqaruvidagi 100 ta o‘yinda qanday natija qayd etdi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 00:59
"Bayer"ning bugungi o‘yini Xabi Alonso uchun yubiley bahs bo‘ldi.

Leverkuzenliklar Bundesliga doirasida "Xolshtayn Kil" bilan durang o‘ynadi (2:2).

Ispaniyalik murabbiy jamoani 100 uchrashuvda boshqargan. Shulardan 67 tasida g‘alaba qozongan (Germaniya Superkubogidagi penaltilar bilan birga) va 12 tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. "Bayer" 232 ta gol urgan va 102 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Bu vaqt ichida klub Bundesliganing 66 o‘yinida 146 ochko to‘plagan - eng ko‘p. Har bir o‘yinga 2,2 ochko to‘plash Leverkuzen jamoasining rekordidir.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati