• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Surxondaryoda 1,2 ming dollarga ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda 1,2 ming dollarga ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 15:16
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida pul evaziga TOEFL sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.R. ismli shaxs fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy ta’limning magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun TOEFL sertifikatini olib berishni va’da qilib, evaziga 1,1 ming dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil iyulda Qashqadaryoda “Milliy sertifikat” tayyorlab berish uchun 6,6 ming dollar olgan hokim yordamchisi ushlangan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati