«Andijon» «Navbahor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-10-2024, 00:07
5 oktyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi finalida «Navbahor» va «Andijon» jamoalari kuch sinashdi.

Uchrashuvdagi ilk golni 53-daqiqada Abrorbek Ismoilov kiritib, «Navbahor»ni oldinga olib chiqdi.

82-daqiqada andijonliklar hisobni tenglashtirdi.

Asosiy bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmadi. Ikkinchi qo‘shib berilgan taymda «Andijon» futbolchisi Mamatkazin darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikki daqiqadan so‘ng Tabatadze hisobni tenglashtirdi.

Dramatik uchrashuvning 120+3-daqiqasida andijonliklar Vladimir Bubanyaning goli evaziga g‘alaba qozonishdi. «Andijon» o‘z tarixida ilk bor — O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi!

O‘zbekiston kubogi
Final
5 oktyabr, shanba
«Navbahor» — «Andijon» 2:3
Gol: 1:0 — 53 Ismoilov, 1:1 — 82 Toirov, 1:2 — 116 Mamatkazin, 2:2 — 118 Tabatadze, 2:3 — 120+3 Bubanya.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati