JSST bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini qonunan cheklashga chaqirdi
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-10-2024, 23:35
JSST Sog‘liqni saqlash tizimlari va siyosati bo‘yicha Yevropa direktori Natasha Assopardi-Muskat so‘zlariga ko‘ra, o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlar bolalarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Uning fikricha, yosh cheklovlarini joriy etish, narxlarni nazorat qilish va smartfonlardan foydalanish taqiqlangan hududlarni tashkil qilish kerak.
Assopardi-Muskatning fikricha, bolalar «raqamli dunyoni nazorat qilishi va raqamli dunyo ularni boshqarishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun savodli va malakali bo‘lishi kerak».
JSST tomonidan o‘tgan oyda e’lon qilingan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har 10 nafar yevropalik o‘smirdan biri raqamli qaramlikka ega.